Antirekord yana yangilandi: kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 719 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 492 nafarga yetdi

Antirekord yana yangilandi: kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 719 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 492 nafarga yetdi

2021 yil 21 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122048 (+719) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌71 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌20 nafari Andijon viloyatida,
📌13 nafari Buxoro viloyatida,
📌81 nafari Jizzax viloyatida,
📌21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌16 nafari Navoiy viloyatida,
📌31 nafari Namangan viloyatida,
📌78 nafari Samarqand viloyatida,
📌22 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌81 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌71 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌13 nafari Xorazm viloyatida,
📌83 nafari Toshkent viloyatida,
📌118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Bundan tashqari, kecha kun davomida 492 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️Kecha kun davomida:
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida 65 nafar,
🔹Andijon viloyatida 34 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 54 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 45 nafar,
🔹Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
🔹Namangan viloyatida 51 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 105 nafar,
🔹Sirdaryo viloyatida 70 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 50 nafar,
🔹Farg‘ona viloyatida 44 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 30 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 54 nafar,
🔹Toshkent shahrida 126 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 116755 (+746) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

⚫️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!