Anqarada 30 nafardan ortiq odam qalbaki spirtli ichimliklardan vafot etdi

Anqara viloyati gubernatori Vasip Shahin, poytaxt mintaqasida qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oqibatida 33 kishi o‘lganini aytdi.
Bu haqda NTV telekanali ma’lum qildi.
"Qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi reanimasiyada.
Mulozim, shuningdek, bozorda qalbaki spirtli ichimliklar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish davomida "32 kishi qo‘lga olingan, ulardan 13 nafari hibsga olingani" haqida xabar berdi.
Yanvar oyi o‘rtalarida Turkiya OAVlari Istanbulga 90 ga yaqin odam qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilib, shifokorlarga murojaat qilgani va ularga metanoldan zaharlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar bergan edi. Zaharlanish holatlarining deyarli barchasi asosan Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari istiqomat qiladigan hududda qayd etilgan. Qalbaki spirtli ichimliklar ishlab chiqarish va sotishda gumon qilinib, 15 nafar shaxs qo‘lga olindi, ulardan to‘rt nafari sud qarori bilan qamoqqa olindi. Istanbul hokimiyati qarori bilan shahardagi 60 dan ortiq muassasa yopildi va ularning qalbaki spirtli ichimliklar sotish lisenziyasi bekor qilindi.