Anqara Isroilning Rafahga qilgan hujumlaridan xavotirda

Anqara Isroilning Rafahga qilgan hujumlaridan xavotirda

Anqara Isroil armiyasining sektor janubidagi Rafah shahriga hujumlari soni ortib borayotganidan juda xavotirda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

«Biz Isroilning janubdagi Rafah shahriga (eksklavda) shu kungacha amalga oshirgan vayronagarchilik va qirg‘inlardan so‘ng hujumlari soni ortib borayotganidan juda xavotirdamiz», — deyiladi xabarda.

Departamentning ta’kidlashicha, bu harakatlar g‘azoliklarni o‘z yerlaridan quvib chiqarish rejasining bir qismi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Rafahga hujumlarning davom etishi G‘azo sektoridagi gumanitar falokatni yanada kuchaytirib, mintaqada doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga zarar yetkazishidan ogohlantirdi.

«Biz xalqaro hamjamiyatni, birinchi navbatda, BMT Xavfsizlik kengashini Isroilni to‘xtatish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu armiya va xavfsizlik xizmatlariga G‘azo sektori janubiga hujum qilish va u yerda boshpana topgan 1,4 millionga yaqin falastinlikni ko‘chirish rejasini tayyorlashni buyurdi. Bu haqda avvalroq Isroil hukumati rahbari idorasi xabar bergan edi.

Rafah G‘azo sektorining janubida Misr bilan chegarada joylashgan. Isroil hujumlari tufayli uy-joyini tashlab ketgan minglab falastinliklar shu yerda boshpana topmoqda. Shaharda G‘azo aholisining deyarli yarmi – 2,3 million kishi istiqomat qiladi.

Isroil askarlari Rafahga havo hujumlarini muntazam ravishda amalga oshirmoqda. Isroil Rafahda quruqlikdan operasiya boshlasa, tinch aholining G‘azo sektorida yashirinadigan joyi qolmaydi, degan xavotirlar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!