Angliya kubogi. "Manchester Siti" "Plimut"ni yengib, 1/4 finalga yo‘l oldi
"Manchester Siti" o‘z maydonida Angliya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan o‘yinda "Plimut"ni mag‘lub etdi - 3:1.
Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochishdi - 38-daqiqada ukrainalik Maksim Taloverov gol urdi. Mezbonlar Niko O'Rayllining dubli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. O‘yin oxirida Kevin de Bryuyne o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
"Plimut" Chempionship jadvalida so‘nggi o‘rindan bir pog‘ona oldinda bormoqda.
"Manchester Siti"ning raqibi 2 mart kuni o‘tkaziladigan qur’adan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
"Manchester Siti" - "Plimut" 3:1
1 mart, 22:45
Angliya Kubogi, 1/8 final
"Etihad" stadioni
Gollar: Taloverov 38, O`Rayli 45, O`Rayli 76, de Bryuyne 90.
"Manchester Siti": Ortega, Ake (Ruben Diash, 46), Reys, O`Rayli, Lyuis, Gyundogan, Grilish, de Bryuyne, Makati (Xoland, 59), Bernardu Silva, Foden (Niko Gonsales, 83.
"Plimut": Xazard, Plegesuelo, Katich, Taloverov, Mumba (Xayal, 64), Rayt, Ogbeta (Puxach, 71), Sorinola (Syuch, 80), Djabi (Xauton, 64), Boateng, Bundu (Baydu, 64.
