Angela Merkel kansler sifatida Parijga oxirgi tashrifini amalga oshirdi

Angela Merkel kansler sifatida Parijga oxirgi tashrifini amalga oshirdi

Angela Merkel Parijga Germaniya kansleri sifatida oxirgi rasmiy tashrif bilan keldi. Payshanba kuni u Yelisey saroyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.

Kun tartibiga Afg‘onistondagi inqiroz va Yevropaning strategik avtonomiyasi muhokama uchun kiritilgan bo‘lib, bu ayniqsa, "AUUKUS" harbiy ittifoqi tuzilgandan keyin muhim ahamiyat kasb etdi.

"Albatta, Afg‘onistondagi NATO missiyasining tugashi biz uchun nimani anglatishini va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan kelajakdagi missiyalarimiz haqida o‘ylaymiz, shuningdek, bunday muvaffaqiyatsiz yakun va erishilmagan maqsaddan qanday xulosa va saboq chiqarishimiz kerakligini ham", – dedi kansler.

"Biz, albatta, Yevropaning birlashuvi zarur bo‘lgan boshqa sohalar, birgalikdagi ishimiz va Yevropa avtonomiyasini himoya qilish haqida gaplashamiz. Masalan, Sahel, Liviya va Eron mintaqasidagi terrorizmga qarshi kurash masalasini biz iyul oyida Berlinda muhokama qilgan edik. Hamda biz yadro muammosini, jumladan, so‘nggi kunlarda yevropaliklar qo‘shma strategiya qabul qilgan Hind-Tinch okeani mintaqasini muhokama qilamiz", – deb o‘z fikrini davom ettirgan Merkel.

Germaniyada o‘n kundan keyin parlament saylovlari o‘tkaziladi. Ulardan keyin Angela Merkel kansler lavozimidan va katta siyosatdan ketishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!