Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 fevral kuni Andijon viloyatida yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs Ichki ishlar bo‘limiga o‘ziga nisbatan uyushtirilayotgan suiqasd bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. U besh nafar jinoyatchidan iborat uyushgan guruh 1500 dollar evaziga qotil yollab, uni qasddan o‘ldirishni kelishganini bildirgan.
Bunda 1984 yilda tug‘ilgan “Ronaldo” laqabli muqaddam jinoyat kodeksining 8 ta moddasi bilan sudlangan jinoiy guruh yetakchisi yollanma qotilga tadbirkorni o‘ldirishi uchun 1500 dollar berishga kelishib, dastlab 300 ming so‘m pulni berayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan “Glavrach” laqabli (1984 yilda tug‘ilgan) viloyat Paxtaobod tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, sudlangan “Boksyor” laqabli (1984 yilda tug‘ilgan), shuningdek, 2003 yilda tug‘ilgan Tibbiyot instituti talabasi ham ushlangan.
Holat yuzasidan mazkur jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish ochildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Божхона қўмитасининг Тошкент ва Андижон вилоятлари божхона бошқармаларининг Контрабандага қарши курашиш бўлимлари, Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент ва Андижон вилоятлари бошқармалари ҳамда Ички ишлар идоралари вакилларидан иборат махсус тезкор гуруҳ синтетик гиёҳвандлик воситалари тайёрлаб келинган йирик нарколаборатория фаолиятини фош қилишди.
Айни шу рейс билан юртимизга учиб келган яна бир фуқаро шимининг чўнтаги ва пайпоқларига қиймати 907 млн сўмлик 803 грамм заргарлик буюмларини яширганлиги аниқланди.
Туркияда ҳукмрон Адолат ва тараққиёт партиясида ёпиқ эшиклар ортида амалдаги президент Ражаб Тоййип Эрдўғаннинг вориси сифатида унинг ўғли — Билал Эрдўған кўрилиши мумкин бўлган вариант муҳокама қилинмоқда. Бу ҳақда Bloomberg манбалари хабар бермоқда.