Andijonda sobiq hokim yordamchisi o‘zini osdi

Andijonda sobiq hokim yordamchisi o‘zini osdi

Andijonda 38 yoshli hokim yordamchisi o‘zini osgani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Marhamat tumani prokuraturasi ma’lumot berdi.

Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan 16.04.2022 yil kuni soat 16:15 larda 10.12.1984 yilda tug‘ulgan, Marhamat tumani, Sho‘rqaqir MFY, Davlatobod ko‘chasi 19-uyda yashagan Mirzamahmudov Farhod Azimovichning yashash xonadonidagi molxonaning to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, unga o‘zini-o‘zi osib vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Tekshiruv davomida fuqaro F.Mirzaraximovga nisbatan biron shaxs tomonidan muttasil ravishda tazyiq o‘tkazish, haqorat qilish va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasining 05.05.2022 yildagi 171-sonli xulosasida F.Mirzaraximovning o‘limiga osilishi tufayli bo‘yin sohasi a’zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya, bo‘yin sohasidagi keng, ochiq strangulyasion egat mavjudligi, bo‘yin yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi, o‘pkani viseral plevra varaqlari va yurakni epikard ostiga qon quyilishlari (Tard’e dog‘lari), o‘tkir holda yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan fuqarolar – A.Mirzaraximov, SH.Mirzaraximova, A.Ibaydullev, M.Qoraboyev, X.Turg‘unova, O.Xolmatova, F.Abdullayeva, J.Pozilova, T.Arapova, M.Toshtanova va N.Sotvoldiyevalardan tushuntirish xatlari olindi.

Marxum: Mirzaraximov Farxodjon Azimovich, 04.12.1984 yilda Marhamat tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, deputat emas, 11.01.2022 yildan 01.04.2022 yilga qadarli Polvontosh MFYning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlagan, Marhamat tumani Sho‘rqaqir MFY, Davlatobod ko‘chasi, 19-uyda yashagan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom ettirilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda axborot taqdim etilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!