Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi

Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yurtimizga piyoda holda kirib kelgan 3 nafar fuqaroning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, fuqarolarning ko‘l yuklari orasida bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan jami 103 dona “Tropikamid” va 124 dona “Lirika” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!