Andijonda kasalxonaga yotqizilgan ayol maymunchechak xastaligiga chalingani rostmi?

Andijonda kasalxonaga yotqizilgan ayol maymunchechak xastaligiga chalingani rostmi?

12 iyun kuni 49 yoshli YU.X. badaniga toshmalar toshish, tana haroratining ko‘tarilishi, bezovtalik, nafas bo‘g‘ilishi va holsizlik shikoyatlari bilan RSHTYOIM Andijon filiali toksikologiya bo‘limiga olib borilgan.

Qayd etilishicha, bemor «yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi va bo‘yin limfa tugunlarining kattalashishi» tashxisi bilan 3 kun uyida davolangan. Davolanish vaqtida bemor turli dori vositalarini qabul qilgan. 2 kun davomida badanlarida toshmalar paydo bo‘lib, og‘iz ichiga ham toshmalar toshgan.

Shundan so‘ng, fuqaro Asaka tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida bir kun davolanib, o‘zgarish sezilarli darajada bo‘lmagach Respublika shoshilinch tibbiy yordamida ilmiy markazi Andijon filialiga yuborilgan.

«Ko‘rsatilgan muolajalar natijasida, bemorning umumiy holatida yaxshilanish kuzatilib, oddiy palatada davolanish davom ettirilmoqda. Bemorga dori moddalarga allergik reaksiya tashxisi qo‘yilgan», - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!