Andijonda ikki xotini bor erkakka sud hukmi o‘qildi

Andijonda ikki xotini bor erkakka sud hukmi o‘qildi

Andijon viloyatining Asaka tumanida ikkita turmush o‘rtog‘i bor bo‘lgan erkakka sud hukmi o‘qib eshittirildi. Bugun.uz’dagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 52 yoshli Abdulla Abdullayevning qonuniy rafiqasi S.Abdullayevadan uch nafar farzandi bor. Shuningdek, erkakning K.S. ismli shar’iy nikohdagi ayoli ham bor bo‘lgan.

Erkakning birinchi ayoli erining boshqa xotini borligini bilib qolgach, Abdullayev ikkala xotinini ham bitta ro‘zg‘orda yashatishga qaror qilgan va uning qonuniy rafiqasi ham bunga rozi bo‘lgan. Bu orada shar’iy nikohdagi ayol ham homilador bo‘lgan.

Biroq, shundan so‘ng oilada turli janjallar yuzaga kelgan. Abdullayevning aytishicha, u birinchi ayolini xiyonatda ayblagan, xotini esa erining boshqa birov bilan oila qurib e’tiborsiz bo‘lib qolganini iddao qilgan.

Holat yuzasidan shu yilning 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudining hukmiga ko‘ra, erkak ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda, uch yil axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan. Bugun.uz’ga qo‘shimcha qilinishicha, hozirda erkak rafiqalaridan biri bilan ajrashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!