Andijonda 63 yoshli erkak 10-bor sudlandi

Andijonda 63 yoshli erkak 10-bor sudlandi

Xalqimizda “bukrini go‘r to‘g‘rilaydi” degan ibora bor. Bejizga bu iborani keltirmadik, boisi Andijonlik 63 yoshli Javlon Toshmatov ham 10 marotaba sudning qora kursisida mulzam, iqror va pushaymon.

Ish holatlariga ko‘ra, Javlon Toshmatov xavfli residivist bo‘lgan holda, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2020 yilning yanvar oyida aslida Andijon shahar hokimining 2017 yil 28 iyundagi qarori bilan Andijon shahrida yashovchi fuqaro O.Daminovga ajratilib berilgan 52-maydon 400 k.v metrdan iborat (k.v 416B, uch.26) yer maydonini mazkur qarorning 1.7 bandiga go‘yoki o‘zining nomiga 8-maydon 400 k.v metrdan iborat (k.v 630 uch. 238) yer maydoni ajratilganligi ko‘rsatilgani haqida qalbakilashtirib, O.Daminovning ishonchiga kirib, yer maydoni o‘ziga tegishli ekanini aytib aldab, 6.000 AQSh dollarga sotishga kelishib, kelishuvdagi pullardan 3.000 AQSh dollarini olib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Sud davlat ayblovchisining xulosasini, himoyachi fikrini, sudlanuvchi Javlon Toshmatovni, jabrlanuvchi Olim Daminovni, guvohlarning ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini va sudga taqdim etilgan dalillarni atroflicha o‘rganib chiqib, J.Toshmatovni O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi va 228-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan aybli deb topib, jabrlavnuchiga yetkazilgan zararni undirib, shu modda bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Husniddin Kamolov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!