Andijonda 3 yoshli chaqaloqning ustiga qaynoq suv quygan erkak 8 yilga qamaldi

Andijonda 3 yoshli chaqaloqning ustiga qaynoq suv quygan erkak 8 yilga qamaldi

Avvalroq, “Andijonda erkak 3 yashar chaqaloqning ustidan qaynoq suv quydi. Qizaloq vafot etdi” nomli xabarni e’lon qilgan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchiga jazo tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buloqboshi tuman sudi xonadonida ijarada yashayotgan ayolning uch yoshli farzandi ustidan qaynoq suv quyib, bolani kuydirgan erkakka hukm o‘qidi, deya xabar berdi «Daryo» muxbiri.

Sud raisi Inomjon Normatovning ma’lum qilishicha, 2021 yilning 11 yanvar kuni soat 02:00 da Z.B. uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda xonadonida ijarada yashab kelayotgan G. ismli ayolga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. Ayol ushbu taklifni rad etgani uchun pechka ustida qaynab turgan suvni olib, uning yonida yotgan 3 yoshli D.ning ustiga quyib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi xonadonida yashovchi ayol bilan 2020 yilning dekabr oyida tanishgan va shundan so‘ng telefon orqali gaplashib yurgan. 2021 yil 6 yanvar kuni ayol sudlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib, ijarada yashayotgan uyidan haydab yuborilganini, boradigan manzili yo‘qligini aytib, ijaraga joy so‘ragan. Tanishi uning iltimosiga rozi bo‘lib, ijaraga oylik to‘lov to‘lamasdan, faqat elektr va tabiiy gaz iste’moli uchun har oyda 300 ming so‘mdan berib turishi lozimligini bildirgan. Shundan so‘ng G. farzandi bilan tanishinikiga kelib, yashay boshlagan. Sudlanuvchi onasining sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli davolanish maqsadida opasinikiga ketganidan foydalanib, 2021 yil 9 yanvar kuni uyidagi tanish ayolga er-xotin bo‘lishni taklif qilgan. G. unga rad javobini berib, kasal ekanligini bildirganidan keyin o‘z xonasiga kirib ketgan.

Yarim tunda erkak tanishiga bolasi ko‘p yig‘lab shovqin ko‘targani, o‘zi ham har kuni soat 03:00—04:00 larga qadar telefonida gaplashib, uyqu bermayotgani uchun boshqa ijaraga uy topib chiqib ketishini aytgan. Biroq tanishi bir kun uyida turib turishini, keyin ijaraga uy topib, olib chiqib ketishini aytgan.

«Ertasiga tanishim shahardan ijaraga uy topib berishimni iltimos qildi. Shundan so‘ng shaharlik tanishim M.ga qo‘ng‘iroq qilib, holatni tushuntirdim. Soat 11:00 da G. xona sovib ketayotganini aytgani uchun o‘zim turgan xonaga vaqtincha o‘tkazib qo‘ydim. Kechga yaqin M. kelib, G. bilan gaplashib, ertalab ketishga kelishib olishdi. M.ga kelishida aroq olib kelishini iltimos qilgandim, olib kelibdi. U quyib turdi, men ichdim. Soat 20:00 da birinchi karavotda u, yonimdagi karavotda M. yotib dam oldik. Soat 02:00 da uyg‘onib ketdim. Bu vaqtda ‘svet’ yo‘q ekan, hamma joy qorong‘i edi. Chanqab ketganim uchun choy ichish maqsadida G. yotgan xonaga kirdim. Eshikdan yarim metrcha masofada joylashgan pechka oldiga kelib, choynakni olib chiqib ketayotganimda pastda turgan otashkurakni bosib, yon tarafiga og‘ib yiqilib tushdim. G.ning qorin qismiga tegib ketdi, bola yig‘lab yubordi. G. bolasini kuydirganligimni aytib baqirdi. To‘g‘risi, o‘sha paytda o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. M. baqir-chaqirni eshitib, bolaning kiyimlarini yechishga yordamlashdi. Tez yordam chaqirdik. Men G. aytgandek, unga jinsiy aloqa qilishni taklif qilmaganman. Bolaga ham atay suv quyib yubormaganman», — deydi sudlanuvchi.

Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan aybli deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!