Andijon va Buxoro davlat universitetlarida Pedagogika institutlari tashkil etildi

Andijon va Buxoro davlat universitetlarida Pedagogika institutlari tashkil etildi

Andijon va Buxoro davlat universitetlarida Pedagogika institutlari tashkil etildi.

Bu haqda tegishli Hukumat qarorlari qabul qilindi.

➖ Ushbu Pedagogika institutlarida o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

➖ Shu munosabat bilan 2021/2022 o‘quv yilidan Andijon va Buxoro davlat universitetlarida pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi.

➖ O‘quvchilarni pedagogik kasbga yo‘naltirish maqsadida Andijon va Buxoro viloyatlari yetakchi ta’lim muassasalarining 10 tasida: 

• 3–4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”;

• 8–9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”; 

• 10–11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar” tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!