Andijon shahrida 50 kg sifatsiz go‘sht mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilindi

Andijon shahrida 50 kg sifatsiz go‘sht mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilindi

Andijon viloyatida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda.

Kecha Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va Andijon viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Andijon shahrida joylashgan "Yangi bozor" dehqon bozorida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"O‘rganishlar natijasida 50 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi. Aniqlangan iste’molga yaroqsiz maxsulotlar tegishli tartibda yo‘q qilindi" - deyiladi boshqarmaning rasmiy bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!