Ana xolos! Tramp boshqa JSSTni yaratmoqchi

Ana xolos! Tramp boshqa JSSTni yaratmoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga o‘xshash boshqa bir tashkilot yaratishni ko‘rib chiqmoqda. AQShda koronavirus epidemiyasi bilan kurashish uchun mas’ul bo‘lgan Debora Birks yangi tuzilmani boshqarishi mumkin, deb yozadi Politico.

OAV xabarlariga ko‘ra, AQSh rahbari Donald Tramp ma’muriyati bu g‘oyani allaqachon muhokama qilmoqda. Yangi tashkilot Davlat Departamentining bo‘linmalaridan biriga aylanadi deb taxmin qilinadi. Tuzilma kelajakda yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan shug‘ullanadigan, pandemiyaga tayyor bo‘lishning barcha jihatlarini kuzatib boradigan markaz hisoblanadi.

OAV yozishicha, ushbu g‘oya allaqachon Davlat Departamenti va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi o‘rtasida ziddiyatlarga sabab bo‘lgan.

Avvalroq, Tramp pandemiya paytida JSSTni bir necha bor tanqid qilgan va hatto barcha holatlar aniqlanmaguncha moliyalashtirishni to‘xtatgan. AQSh rahbari ushbu tashkilotni "Xitoy qo‘lidagi qo‘g‘irchoq" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST 30 kun ichida islohotlarni kafolatlashi va agar u AQShdan moliyaviy yordam olishni istasa, "o‘z mustaqilligini isbotlashi" kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!