Ana xolos! Toshkentda 30 foiz talaba xotini xiyonat qilsa, kechirishini bildirdi

Ana xolos! Toshkentda 30 foiz talaba xotini xiyonat qilsa, kechirishini bildirdi

«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Toshkent viloyatidagi to‘rtta oliy o‘quv yurtining 1200 nafar talabalari o‘rtasida oilaviy hayot mavzusida so‘rovnoma o‘tkazgan, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov. Talabalarga: «Oila nima?», «Nechta farzandingiz bo‘lishini istaysiz?», «Qaynota va qaynona bilan birga yashashni xohlaysizmi?», «Turmush o‘rtog‘ingiz xiyonat qilsa, kechirasizmi?» kabi bir qator savollar bilan murojaat qilingan.

So‘rovnoma ishtirok etgan yigitlarning 70 foizi ayoli xiyonat qilsa, kechirmasligini bildirgan. Respondent qizlarning 92 foizi esa orzusi — qaynona va qaynotasi bilan birga yashamaslik ekanini ma’lum qilgan. «Aksariyat respondentlar 4—5 nafargacha farzandi bo‘lishini xohlashini bildirdi», — dedi markazning Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari Dilorom Mahamadaliyeva.

Dilorom Mahamadaliyeva respondentlarning oilaviy holati, jinsiy tarkibi, yoshi haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, aynan qaysi oliy ta’lim muassasalari talabalari ekanini ochiqlamagan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!