Ana xolos! Tibo Kurtua o‘zidan 6 yosh katta ayol bilan uchrashmoqda (foto)

Ana xolos! Tibo Kurtua o‘zidan 6 yosh katta ayol bilan uchrashmoqda (foto)

Real darvozaboni Tibo Kurtua Madridga qaytganidan keyin shaxsiy hayotini ancha o‘zgartirib yubordi. Semana jurnalining yozishicha, 26 yoshli posbon 32 yoshli ispaniyalik teleboshlovchi Alba Karrilyo bilan uchrashmoqda.

Nashrning yozishicha, futbolchi va boshlovchi qizni oxirgi bir necha hafta davomida Madriddagi yapon restoranida ko‘rishgan. Xabarlarga qaraganda, ular Rojdestvoda tanishishgan va keyin uchrasha boshlashgan.

Karrilyo uchun bu uchinchi munosabat teleboshlovchi bunga qadar tennischi Felisiano Lopes hamda motopoygachi Fonsi Nyeto bilan yaqin bo‘lgan, ammo har ikkalasi bilan ham sud orqali ajrashgan.

Semana jurnali muqovada Kurtua hamda Karrilyoning birgalikdagi suratini chop etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!