Ana xolos! Supermarketda xaridorga kir yuvish kukuni o‘rniga kokain sotildi

Ana xolos! Supermarketda xaridorga kir yuvish kukuni o‘rniga kokain sotildi

Braziliyaning San-Paulu shahridagi supermarketlardan birida ichida kokain bo‘lgan kir yuvush kukuni sotib yuborildi, deb xabar beradi The Guardian.

Xaridorlar qadoqlar ichidan givohvand moddalarni tayyorlashda ishlatiladigan kokain pastalarini topib olgach, polisiyaga murojaat qilgan.

Huquq-tartibot organi xodimlari do‘konni tekshirish vaqtida bir necha kishi xuddi shu turdagi tovarlarni mashinaga ortayotganini aniqlagan. Ular voqea joyidan yashirinishga uringan, biroq polisiya jinoyatchilarni savdo do‘konining egasi bilan birga qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Polisiyachilar bir necha o‘nlab kir yuvish kukuni idishining ichiga joylashtirilgan 50 kilogrammga yaqin kokain pastalarini musodara qilgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur xom ashyodan 200 kilogrammdan ortiq kokain tayyorlash mumkin. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, ichida giyohvand modda bo‘lgan qutilar adashib savdo rastlariga chiqarib yuborilgan. Supermarket egasi esa o‘z biznesidan «pul yuvish» maqsadida foydalanib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!