Ana xolos! Rossiyalik ayolda koronavirusning 18 ta turi aniqlandi

Ana xolos! Rossiyalik ayolda koronavirusning 18 ta turi aniqlandi

Rossiyalik ayolning tanasida koronavirusning 18 ta yangi turi rivojlandi. Ushbu holat rus olimlari tomonidan ma’lum qilindi.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, immuniteti pasaygan 47 yoshli ayol olti oy davomida COVID-19ga qarshi kurashgan. U yuqumli kasallikni 2020 yil aprel oyida kasalxonada kimyoviy terapiya kursidan o‘tayotganda yuqtirgan. Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 9 sentyabrgacha rossiyalik ayoldan olingan testlar infeksiya uchun musbat natijani ko‘rsatdi.

Mutaxassislar bahorda va yoz oxirida bemordan olingan natijalarni taqqoslab o‘rganganlarida  koronavirusning yangi mutasiyalari mavjudligini aniqladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!