Ana xolos! Jo‘natmalar ichida psixotrop moddalarga ham joy topilibdi

Ana xolos! Jo‘natmalar ichida psixotrop moddalarga ham joy topilibdi

Tarkibida psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi qoidabuzarliklar bojxona xodimlari tomonidan fosh qilindi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro S.N. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi nazoratdan o‘tkazilganida, unda deklarasiyada ko‘rsatilmagan 60 dona tarkibida psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan “Vaben” nomli dori vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Shuningdek, fuqarolar K.T. va A.Z. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalarida ham 32 dona “kannabis” o‘simligining urug‘larini telefon quvvatlagichi ichiga hamda karton qutining ko‘z ilg‘amas joylariga ustamonlik bilan yashirilganligi fosh bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!