Ana xolos! 15 sutka qamoqdan keyin ham to‘g‘ri xulosa chiqarmagan otalarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ana xolos! 15 sutka qamoqdan keyin ham to‘g‘ri xulosa chiqarmagan otalarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 28.04.2017 yilgi ijro hujjatiga asosan qarzdor X.YU.dan undiruvchi M.YU. foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo‘lsada, X.YU. to‘lashdan bo‘yin tovlab O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47(4)-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi.
15 kunlik ma’muriy qamoq jazosidan xulosa chiqarmagan qarzdor X.YU. yana ikki oydan ortiq muddat davomida farzandini moddiy ta’minlashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.
Majburiy ijro byurosi Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrochisining aliment qarzini hisoblash to‘g‘risidagi qaroriga asosan, qarzdor X.YU.ning alimentdan bo‘lgan qarzi 17.04.2017 yildan 29.01.2019 yilga qadar jami 8.049.928 so‘mni tashkil qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, ijro hujjatiga asosan qarzdor F.B.dan undiruvchi N.B.ning uch nafar voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadining qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo‘lsada, muqaddam Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan 29.06.2017 yilda sudlanganligidan xulosa chiqarmasdan, 21.09.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47(4)-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etib, 01.06.2018 yildan 01.12.2018 yilga qadar ikki oydan ortiq muddat davomida voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Majburiy ijro byurosi Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrochisining aliment qarzini hisoblash to‘g‘risidagi qaroriga asosan, qarzdor B.F.ning alimentdan bo‘lgan qarzi 01.06.2018 yildan 01.12.2018 yilga qadar jami 4.704.246 so‘mni tashkil qilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!