Amerikaliklar Tesla'ni jazoladilar

AQSh aholisi Tesla elektromobillaridan ommaviy ravishda voz kechmoqda. Aksariyat amerikaliklar (67%) avtogigant mahsulotlarini sotib olmasliklarini aytishgan, ularning yarmidan ko‘pi (56%) asosiy sabab sifatida Ilon Maskning xatti-harakatlarini ko‘rsatgan.
YouGov so‘rovi natijalariga ko‘ra, Maskdan norozilikning kuchayishiga asosiy sabab uning hukumat amaldori sifatidagi karerasi, ya’ni hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) boshlig‘i sifatidagi faoliyati bo‘lgan . Uning siyosati, jumladan, yirik federal agentliklarni yopish, ommaviy ishdan bo‘shatish va shartnomalarni bekor qilish, biznesmen haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartirdi.
2024-yil noyabrida milliarderga nisbatan munosabat ancha ijobiy bo‘lgan (49 foizga nisbatan 39 foiz salbiy baho), ammo 2025 yilning martiga kelib vaziyat o‘zgargan: endi amerikaliklarning 55 foizi Maskni yoqtirmaydi. Faqat 39% unga nisbatan ijobiy munosabatda. Bu milliarderning asosiy "aqliy farzandi" - Tesla haqidagi tasavvurga bevosita ta’sir qildi: hozirda respondentlarning 49 foizi kompaniyaga salbiy munosabatda, 37 foizi esa ijobiy munosabatda.
🇪🇺 Ushbu obro‘-e’tibor inqirozi Teslaning Evropadagi jiddiy savdo muammolari ustiga keladi. Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi (ACEA) ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla'ning Yevropa Ittifoqidagi yangi ro‘yxatga olishlari yilning dastlabki ikki oyida 49 foizga kamaydi. Ayniqsa, kuchli pasayish Shveysariya (-57%), Germaniya, Avstraliya va Avstriyada kuzatildi.
Tesla'ning Yevropa elektromobil bozoridagi ulushi 7,7 foizgacha (bir yil avval 18,4 foizdan) kamaydi, Yevropada Model 3 savdosi esa 29 foizga kamaydi. Asosiy raqobatchilar, jumladan, Yevropa va Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari texnologik jihatdan ilg‘or va arzon modellarni taklif qilish orqali o‘z ishtirokini mustahkamlashda davom etmoqda.
Ayrim tahlilchilar bu pasayishni kompaniyaning yangilangan Model Y Juniper'ga o‘tishi bilan bog‘lashmoqda. Ammo tanqidchilarning aytishicha, Tesla'ning muammolari logistika va ishlab chiqarishdan ancha uzoqda.
AQSh va Yevropada tobora ko‘proq iste’molchilar Ilon Maskning siyosiy pozisiyasi, xususan, Donald Tramp bilan yaqin aloqalari tufayli brenddan yuz o‘girishmoqda .
Hatto Xitoyda ham kompaniya qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Fevral oyida Tesla'ning mamlakatdagi bozor ulushi 3,8 foizgacha pasaydi, biroq Maskning obro‘si tufayli unchalik ko‘p emas – shunchaki BYD va Xiaomi kabi mahalliy ishlab chiqaruvchilar arzonroq va texnologik jihatdan ilg‘or modellarni taklif qilmoqda.