Amerikada jayra-itlar paydo bo‘ldi (video)

Amerikada jayra-itlar paydo bo‘ldi  (video)

Itlar uchun yangi moda Amerikaning Arizona shtatida paydo bo‘ldi. Amerikaliklar o‘zlarining uy hayvonlariga jayra ignalarini eslatuvchi libos kiydirishmoqda, deb xabar qiladi Pedestrian TV.

​Shu tariqa odamlar o‘z hayvonlarini yirtqichlardan himoya qilishmoqchi. AQSh g‘arbida burgut va koyotlarning (bo‘ri turi) itlarga hujum qilishi odatiy hol sanaladi.

Mahalliy aholi qiziqish bilan itlarning yangi libosdagi suratlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Bu mavzuga atalgan hazil va memlar ko‘payib bormoqda.

Ushbu liboslarda hayvonlar kulguli bo‘lib ko‘rinadi, albatta. Ammo hayvon sohiblari o‘zlarini xotirjam his qilishadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!