Almazbek Atamboyev 5 ta o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda

Almazbek Atamboyev 5 ta o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda

Almazbek Atambayevga bir qator o‘ta og‘ir jinoyatlarda gumon qilinayotgani to‘g‘risida bildirishnoma berildi. Bu haqda 13 avgust kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bosh prokuratura tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Zamir Beishekeev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev quyidagi jinoyatlarda gumon qilinmoqda:

1. Huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik ishlatish.

2. Tartibsizliklarni tashkillashtirish.

3. Qotillikni uyushtirish.

4. Suiqasdni uyushtirish.

5. Garovga olishni tashkil etish.

Bosh prokuror Otkurbek Jamshitovning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev qurol va o‘q-dorilarning noqonuniy savdosida ham ayblanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!