Allohning mo‘’jizasi yoxud saratonning davosi

A A A
Allohning mo‘’jizasi yoxud saratonning davosi

G‘arblik bir ayol mutlaqo tuzalmas, daxshatli bir kasallikka chalindi, tabiblar rak-saraton deb atalmish bu dard davosiga ojiz edilar. Bechora ayolning yashashga ishonchi qolmadi. Biroq shunday bir holatda Allohning marhamati ila bu ojiza shifo topish umidida Baytul-Haramda Allohga cheksiz iltijolar qildi, chin ixlos bilan dardiga shifo tiladi, ayolning murodi hosil bo‘ldi. Zotan yagona Alloh taologina har narsaga qodir Zotdir! Aziz o‘quvchi, keling yaxshisi voqealar tafsilotini o‘sha ojizaning o‘zidan eshitaylik!

Men to‘qqiz yildan beri juda xatarli kasallikdan azob chekar edim, bu bedavo saraton-rak bo‘lib, uning naqadar daxshatli va hatto nomining o‘ziyoq etlarni junjiktiruvchi ekanini har kim yaxshi biladi. To‘g‘risi u paytlar g‘ofil edim. Go‘zallik, kuch-quvvat va salomatlik umr bo‘yi birdek davom etadiganday yurar edim. Saratondek tuzalmas bir dardga chalinishimni hayolimga ham keltirmaganman. Bu dardga uchraganimdan so‘ng butun a’zoi badanim, butun vujudim larzaga tushdi, faqat undan qutulish yo‘llarini o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Ammo qanday qilib?! Shu jumboq meni gangitar edi. Tursam ham, o‘tirsam ham fikr-u o‘yimda shu bo‘lib qoldi. Hatto o‘z jonimga suiqasd qilishni ham hayolimdan o‘tkaza boshladim. Biroq erimni va farzandlarimni yaxshi ko‘rganimdan bu ishga qo‘lim bormasdi, g‘ofilligim tufayli masalaning Allohga taalluqli jihatini, ya’ni o‘zini o‘zi o‘ldirish gunoh ekanini, buning uchun Alloh qiyomat kuni qattiq jazo berishini o‘ylab ham ko‘rmasdim. Yaratganga beadad shukurlar bo‘lsin-ki, U Mehribon va Rahmli Zot, meni shu kasalligim tufayli hidoyatga boshladi, va mening avvalgi hamda keyingi holatimni ko‘rgan juda ko‘p kishilar ham hidoyat topishdi. Davo izlab erim bilan Belgiyaga bordik. Ko‘p do‘xtirlarga uchradik, ular ko‘kragimni kesib tashlash lozimligini aytishdi. Soch, kiprik va qoshlarimni to‘kib yuboradigan, tirnoq va tishlarimga zarar yetkazadigan o‘ta kuchli dorilarni taklif qilishdi, bunday dorilardan bosh tortdim, ko‘kragim, sochim va Alloh taolo ato etgan boshqa a’zolardan ajrab yashagandan butun holimcha o‘lishni afzal ko‘rdim, ammo shuncha joydan kelib quruq qaytmay deb, birorta yengilroq dori yozib berishlarini so‘radim, Uyga qaytib ular yozib bergan dori-darmonlarni iste’mol qila boshladim. Lekin ta’siri mutlaqo sezilmadi. O‘zimcha bu holatdan xursand ham bo‘ldim. Ehtimol do‘xtirlar adashgandir, men bu kasallikka chalinmagandirman degan umidli hayollarga ham bordim. Ammo baxtga qarshi kasallik xuruji to‘xtamas edi. Oradan yetti oylar o‘tgach tobora ozayotganimni, og‘riq kuchaya boshlaganini va rangi ro‘yim o‘zgara borayotganini sezdim. Do‘xtirlar yana Belgiyaga borishimni tavsiya qilishdi. Erim bilan yana yo‘lga chiqdim, kasallik kuchayib, zaxmi butun badanimga tarqalayotganini, hatto o‘pkamda ham saraton asoratlari paydo bo‘lganini eshitib chuqur qayg‘uga bordim. Do‘xtirlar mening Belgiyada o‘lib qolishimdan havotirlanib, tezroq uyga ketishim lozimligini aytishibdi. Shu zahotiyoq shifo niyatida Fransiyaga o‘tib ketdik. Ammo u yerda ham dardning davosini topa olmay, sarson-sargardon bo‘ldik. Oxiri men o‘zimni jarrohlarning qo‘liga topshirishga, ya’ni ko‘kragimni kesib tashlashlariga rozi bo‘la yozdim. Shunday kunlarning birida erim biz unutgan va hayotimiz mobaynida g‘ofil bo‘lganimiz ulug‘ Yaratuvchini kutilmaganda eslab qoldi.

Darhaqiqat Alloh taolo muqaddas Baytullohni ziyorat qilish, u yerda yolg‘iz O‘zigagina yuzlanib barcha musibatlardan xalos etishini iltijo qilib so‘rashni erimning diliga solgan edi. Biz bu ishni bajarishga qaror qildik, vujudimni qandaydir xushnudlik chulg‘ab olgan edi. Xushkayfiyatimga Allohning muqaddas dargohini ziyorat qilishga borayotganim sabab bo‘lgan ersa ajab emas, xo‘jayanim bilan Parijdan Qur’oni Karim xarid qildik. Takbir va tasbih aytib to‘g‘ri Makkayu Mukarrama ziyoratiga jo‘nadik. Baytul-Haramga yetib kelgach ichkari kirib Ka’bani ko‘rdim-u o‘zimni tutolmay yig‘lab yubordim, Alloh farz qilgan ibodatlarni, namoz, ro‘zalarni, xushu, tazarru kabi amallarni bajarmay o‘tkazgan umrimga achinib, ko‘p afsus nadomat chekdim. So‘ng Allohga iltijo qilib, Ey, Pok Parvardigoro, qarshimda barcha umid eshiklari yopildi, faqat sening eshiging ochiqdir, eng so‘nggi ilinj va umid tayanchi bo‘lmish eshiklaringni mening yuzimga yopib qo‘yma, O‘zing rahm qil, do‘xtirlar meni davolashdan ojiz qoldilar, endi shifo Sendan va faqat Sendandir dedim. Baytullohni tavof qildim, noumid qilmasligini va yordamsiz qo‘ymasligini hamda hamma do‘xtirlarni lol qoldirib menga shifo berishini yalinib-yolvorib chin ko‘ngildan so‘radim.

Ha, Darhaqiqat men g‘aflatda ekanman, Allohning eng to‘g‘ri va haq dinidan bexabar, bebahra yurgan ekanman. Bir kuni makkalik ulamolar va shayxlar oldiga borib, menga foyda beradigan diniy kitoblar berishlarini, o‘qilishi tilimga yengil keladigan shifobaxsh duolar o‘rgatishlarini iltimos qildim. Iltimosim yerda qolmadi, ular menga Qur’on tilovat qilishni va zam-zam suvidan to‘yib-to‘yib ichishimni nasihat berishdi. Ayni chog‘da o‘sha ulug‘ ulamolar menga ko‘proq Allohni zikr qilishni hamda payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga cheksiz salovatlar aytishimni tayinladilar. Men Baytullohda ichki bir ruhiy hotirjamlik va osoyishtalikni his etdim, Mehmonxonaga bormay Ka’bada qolishga erimdan ruxsat so‘radim. Baytul-Haramda misrlik, turkiyalik bir qancha savob talab ayollar menga hamsuhbat bo‘lishdi. Tinimsiz yig‘layotganimni ko‘rib sababini so‘rashdi. Bu muqaddas makonga kelib, Alloh taologa mehr-muhabbatim haddan ziyod ortganini bildirib, og‘ir bir dardga yo‘liqqanimni so‘zlab berdim. Ular menga hamdardlik bildirib, yonimdan ajramay qolishdi, Baytullohda e’tikofda o‘tirganimni bilgach esa, ular ham o‘z erlaridan ijozat olib mening yonimga joylashishdi. Biz tunlari deyarli uxlamasdik, juda kam ovqat yerdik, lekin zam-zam suvidan to‘yib-to‘yib ichardik, chunki Payg‘ambar alayhissalomning «Zam-zam suvidek ichimlik yo‘q, kimki uni shifo talabida ichsa, Alloh unga shifo beradi, u kasalga shifo, tashnaga chanqoq bosdi, ochga taomdir» degan so‘zlarini bilar edik. Tinimsiz ibodat qilamiz, ikki rakatdan namoz o‘qiymiz-da zam-zam suvidan to‘yib ichib yana tavof qilishga tushamiz. Baytullohga kelgan kunlarim ozg‘in edim, badanimning yuqori qismida saratonning asorati bo‘lmish kichik-kichik yumaloq donachalar va yaralar bosgan edi. Dugonalarim menga jarohatlarni zam-zam suvi bilan yuvishni maslahat berishdi. Men esa yaralarimga tegib yana kasalim xotirga keladi. Alloh zikridan chalg‘ib qolaman deya qo‘rqar edim. Shu sabab u joylarga suv tekkizmay, ehtiyotkorlik bilan yuvinib turishni lozim topdim. Beshinchi kuni hamrohlarim qistashdi, rozi bo‘lmadim, ammo qandaydir bir g‘aybiy kuch qo‘limga zam-zam suvidan olib, badanimga surtishga meni majburlagandek tuyular edi. Bu hol bir necha bor takrorlangach, beixtiyor ko‘kragimni zam-zam suvi bilan yuva boshladim. Shunda favqulodda hodisa mo‘’jiza sodir bo‘ldi. Tanamdagi bor yaralar birma-bir to‘kilib ketdi. Vujudimda birdan na og‘riq, na qon va na yiringdan asar qoldi. Hayronlik ichida gangib badanimni paypasladim, badanim soppa-sog‘ edi. Seskanib ketdim. Darhol Allohning qudratini zikr etdim va hamd aytdim. Yangi topgan dugonalarimning biridan o‘sha yaralarimning o‘rnini tekshirib ko‘rishini so‘radim. Badanimning soppa-sog‘, top-tozaligini ko‘rib hammalari qichqirib yuborishdi: «Allohu Akbar! Allohu Akbar!».

Bu quvonchli habarni erimga yetkazish uchun tez mehmonxonaga jo‘nadim, Allohning mehribonligini qarang deb sog‘lom tanamni ko‘rsatdim. Hayratdan yoqa ushlab qolishdi, bo‘lib o‘tgan voqealarni qayta so‘zlab berganimda ishongisi kelmas edi, o‘zini tuta olmay sevinchdan yig‘lab yubordi va baland ovoz bilan do‘xtirlar seni uch haftadan keyin o‘ladi deb bashorat qilganlarini bilasanmi deb xitob qildi.

Shunda men ajalim faqat Allohning qo‘lida, g‘aybni faqat Alloh bilguvchidir dedim. Biz Baytullohda yana ikki hafta turdik. So‘ngra Madinai Munavvaraga borib, payg‘ambar alayhissalom masjidlarini ziyorat qildik-da Fransiyaga qaytdik. Fransiyada do‘xtirlar mening sog‘ayganimni ko‘rib sarosimaga tushishdi. Eslarini yo‘qotishlariga sal qoldi, chamamda. Ular mendan siz falonchimisiz deb so‘rashdi. Men ko‘ksimda faxr va qat’iyat ila Ha men falonchiman erim falonchi deb javob berdim. Darhaqiqat men tavba qildim. Yaratganga qaytdim, faqat Allohdangina qo‘rqadigan, faqat undangina najot kutadigan bo‘ldim. Zero taqdirimizni u belgilaydi, hukm ham Unikidir. O‘sha nomdor do‘xtirlar «Bu holatingiz o‘ta g‘aroyibdir, qayta tekshirib, rentgen qilib ko‘rish kerak deyishdi. Tekshirishdi ham, ammo kasallikdan biror asar ham topishmadi. Ilgari nafas olishda qiynalar edim, Baytul-Haramda Allohdan shifo so‘raganimdan keyin bu dardimga ham davo topdim. Shundan keyin Payg‘ambar alayhissalomning siyratlari hamda sahobai-ikromlarning tarixlari bitilgan kitoblarni o‘qidim, o‘rgandim, ko‘p mutaasir bo‘lib, uzoq yig’ladim. Alloh taolo va uning Rasulini sevmasdan o‘tkazgan umrimga ko‘p afsus nadomatlar qilib tinimsiz yig‘layverdim. Men Alloh taoloning ne’matlariga shukrona aytaman va gunohlarimni kechirib, tavbalarimni qabul etishidan umidvorman».

Muhtaram o‘quvchi, shu o‘rinda bir ojizaning g‘aroyib va ibratli hikoyasi yakun topadi. Undan nasihatlanish va zaruriy xulosa chiqarish o‘zimizga havola.

«Hidoyat» jurnalidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

O‘zbekistonda Hayit namozining vaqtlari e’lon qilindi

Мусулмонлар идораси Ўзбекистондаги масжидларида 2026 йил 20 март – жума куни Рамазон ҳайити намозининг ўқилиш вақтларини эълон қилди.

“U dono va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi”

Унинг таъкидлашича, Ларижоний Москва ва Теҳрон ўртасидаги стратегик ҳамкорликни мустаҳкамлашга катта ҳисса қўшган.

Husanov “Real”ga qarshi o‘yinda alohida ko‘zga tashlandi

“Манчестер Сити” ва “Реал” ўртасидаги сўнгги учрашувда ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусанов ўзининг ажойиб ўйини билан эътиборни тортди.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil elchisini chaqirdi

Бу ҳақда вазирлик матбуот котиби Мария Захарова маълум қилди.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.