Alloh huzurida menga guvohlik berasanmi?

Alloh huzurida menga guvohlik berasanmi?

Ibn Abbos roziyallohu anhu Umar roziyallohu anhuga: Ey mo‘minlarning amiri! Allohga qasamki, Islomni qabul qilganingiz dinga yordam bo‘ldi. Amirligingiz fathlarga sabab bo‘ldi.

Allohga qasamki, yer yuzini adolatga to‘ldirdingiz. Ikki xusumatchi oldingizga kelsa, aytgan so‘zingizga rozi bo‘lishdi , dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: Menga bir kursi olib kelinglar , dedilar. Kursiga o‘tirib, Ibn Abbos roziyallohu anhuga: Hozirgi so‘zlaringni qaytar , dedilar. Ibn Abbos roziyallohu anhu gaplarini qaytarganidan so‘ng: Shu gaplaring bilan qiyomat kuni Allohning huzurida guvohlik bera olasanmi? dedilar hazrati Umar. Ibn Abbos roziyallohu anhu: Ha , dedilar. Umar roziyallohu anhu bu gapdan nihoyatda sevinib ketdilar .

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!