Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas

A A A
Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas

Islomda inson sog‘lig‘ini saqlash maqsadida, o‘ziga kerakli narsalarni ham me’yoridan oz yeb o‘zini-o‘zi xastalikka mubtalo qilmaslik uchun qizg‘anchiq bo‘lish harom qilingan.

«Alloh O‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» deb ayt.

Ushbu oyatda egnilariga kiyim kiymay tavof qilishni, haj mavsumida yaxshi taom iste’mol etmaslikni o‘zlariga rusum qilib olib, bu Alloh amri, deb yurgan arab mushriklarining qilmishlari noto‘g‘ri ekanini bildirish uchun tushgan va bu orqali hamma zamon kofirlariga xitob qilingan.

Modomiki, Alloh taolo o‘sha kiyimlarni bandalarga halol qilib qo‘yibdimi, demak, hech kim uni harom qila olmaydi. Shuningdek, Alloh pokiza taomlarni bandalariga rizq qilib berib qo‘yibdimi, ularni ham hech kim harom qila olmaydi. Ziynat kiyimlari va pokiza taomlar iymonlilar uchun bo‘lmay kim uchun bo‘lsin! Bu rizqu ro‘ziga moddiy dunyoda boshqalar ham sherik bo‘lishi mumkin, ammo oxiratda, ushbu oyati karimada ta’kidlanganidek ziynat liboslari va pokiza rizqlar faqat mo‘minlarga xos bo‘ladi.

Alloh taolo O‘z zotiga iymon keltirgan bandalariga hech qachon xushro‘y kiyim-boshlarni va pokiza taomlarni harom qilmaydi.

Kim shu ta’limotga qarshi ish ko‘rib halol taomlarni ham yemay sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, gunohkor bo‘ladi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Ey iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang. Haddingizdan oshmang. Albatta, Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas. Va Alloh sizga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar. O‘zingiz ishongan Allohga taqvo qiling» (Moida surasida 87-88 oyat).

Alloh taolo halol qilgan narsa pok va foydali bo‘lishi aniq. Bu oyatlarda o‘sha pokiza va halol narsalarni harom deb hukm chiqarish mumkin emasligi ta’kidlanmoqda. Chunki hukm chiqarish, jumladan, nima halolu nima haromligining hukmini chiqarish ham Alloh taoloning O‘zigagina xosdir. Alloh halol degan narsani kim harom desa yoki Alloh harom qilgan narsani kim halol desa, kofir bo‘ladi. Unday odam Allohning ilohlik sifatiga — shariat hukmlarini chiqarish sifatiga sherik bo‘lishga uringan bo‘ladi. Shuningdek, bir kishi o‘zi uchun ham bunday hukmni chiqarib, qandaydir dindorlik sifatini ziyoda qilishga urinish, deb o‘ylashi ham noto‘g‘ridir. Bunday ish dindagi g‘uluv — haddan oshish hisoblanadi. Ushbu oyatning nozil bo‘lish sababi buni ta’kidlaydi.

Imom ibn Jarir Tabariy quyidagilarni rivoyat qiladi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni o‘tirib odamlarga va’z-nasihat qildilar, ammo ortiqcha qo‘rqitmadilar. So‘ngra turib ketdilar. Shunda u zotning sahobalaridan ba’zilari: «Agar yangi bir ish qilmasak, nima degan odam bo‘lamiz. Nasorolar o‘zlariga bir qancha narsalarni harom qilishgan, biz ham harom qilaylik», deyishdi. Ba’zilari o‘ziga go‘sht yeyishni harom qildi, ba’zilari sonning yuqori qismini yemoqni harom qildi. Boshqalari kunduzi ovqat yemoqni, yana boshqalari ayollarni o‘zlariga harom qildi. Bu gap Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yetib borganda: «Ayollarni, taomni va uyquni o‘ziga harom qilganlarga nima bo‘ldi?! Ogoh bo‘linglar, men uxlayman ham, bedor ham bo‘laman, ro‘za ham tutaman, og‘zim ham ochiq bo‘ladi. Ayollarni nikohimga ham olaman. Kim mendan o‘zini tortsa, u mendan emas», dedilar. Shunda Alloh: «Ey iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmangiz. Haddingizdan oshmang», oyatini nozil qildi. Alloh taolo O‘zi belgilab berganidan kam ishni qilish nuqson va gunoh bo‘lganidek, Uning belgilab berganidan ortiqcha qilishga urinish ham tajovuzkorlik va gunoh hisoblanadi.

Shu qoidaga ko‘ra, Alloh taolo halol qilib qo‘ygan narsani o‘ziga harom qilib, o‘zini o‘sha narsadan tiyish bilan go‘yo Allohga qurbat hosil qilishga urinish ham gunohdir. Chunki halol va harom qilishlikning yagona sohibi Alloh taolodir, boshqa emas. Shu bilan birga Islomda sog‘liqka zararligini e’tiboridan ortiqcha ko‘p tanovul qilish ham harom qilingan. Alloh taolo

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Eb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas» (A’rof surasi, 31-oyat). 

Ba’zi buzuq tabiatli odamlar yaxshi taom iste’mol qilmaslikni taqvodorlikning cho‘qqisi sifatida ko‘rsatishga urinadilar. Alloh taolo faqat yemish g‘amida, doimo uning lazzatlisini axtaruvchi qorin bandasi bo‘lishni qoralaganidek, laziz taomlardan o‘zini tiyib, sifatsiz taomnigina ixtiyor qilishni ham qattiq qoralaydi. Arab mushriklarida haj mavsumida yaxshi taomlarni yemay qo‘yish odati bor ekan. Oyati karima o‘sha odatni ham tanqid qiladi.

«Eb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas». Yeb-ichish gunoh emas, isrof qilish gunohdir.

Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Seni ikki xislat — faxrlanish va isrofgarchilik xatoga boshlamasa, xohlaganingni yeb, xohlaganingni ichaver», deganlar.

Afsuski, ba’zi kishilar yeb-ichishning xilma-xil va ko‘p bo‘lishini hayotning asosiy mezoni deb biladilar.

Bizda odamlar oziq-ovqatni isrof qilish deganda, uni yemay tashlab yuborishni tushunadilar. Bu, aslida, to‘g‘ri. Ammo keragidan ortiq yemoq ham isrofdir. Yeb-ichish kerak ekan, deb qorin bandasi bo‘lish ham musulmon insonga munosib emas.

Imom Ahmad ibn Hanbal va Imom Termiziylar Miqdom ibn Ma’diykarab al-Kindiy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Odam bolasi to‘ldiradigan idishlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini turgizadigan yemaklar yetadi. Agar juda lozim bo‘lsa, taomi uchun uchdan bir, sharobi uchun uchdan bir va havosi uchun uchdan bir», deganlar.

Bugungi kunda oziq-ovqatni isrof darajada ziyoda iste’mol qilishning sog‘liqka asorati yaqqol namoyon bo‘ldi. Hozirgi davrning ko‘pgina xastaliklariga ushbu isrofgarchilik sabab bo‘lmoqda. Bu haqiqatni Qur’oni Majiyddan uzoq bo‘lgan g‘ayridinlar ham tushunib yetdilar. Qadimda yahudiylardan biri musulmonlardan biriga: «Sizlarning Qur’oningizning yarim oyatiga butun tib ilmi joylashgan», deb ushbu oyati karimani o‘qigan ekan.

Ming afsuski, Qur’on ahliman, deb yurganlardan aksariyatimiz bu haqiqatni tushunib yetmaymiz. Islom har bir sohada mo‘’tadillik yo‘lini tutganidek, oziq-ovqat va kiyim-bosh masalasida ham mo‘’tadil bo‘lishni talab qiladi.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Putin: "O‘zbekiston prezidenti bilan kechki ovqatni birga o‘tkazganimiz uchun Zelenskiyning xatini ko‘rishga vaqt bo‘lmadi"

Путин бу ҳақда Санкт-Петербург халқаро иқтисодий форумининг ялпи мажлисида маълум қилди.

Putin AQSh va Eron o‘rtasidagi urush haqida fikr bildirdi

Россия президенти Владимир Путин бу баёнотни Санкт-Петербург халқаро иқтисодий форумининг ялпи мажлисида айтди.

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

Nega Kim Chen In hech qachon onasi haqida gapirmaydi?

имолий Корея раҳбарияти Ким Чен Иннинг онаси ҳақидаги маълумотларни оммавий муҳокамадан четда сақлашни маъқул кўради. Бу эса уни мамлакатдаги энг сирли шахслардан бирига айлантирган.

Putinning vaqt sinovidan o‘tmagan shov-shuvli bayonotlari

Санкт-Петербург халқаро иқтисодий форуми (ПМЭФ) йиллар давомида Россия президенти Владимир Путин муҳим сиёсий ва иқтисодий баёнотлар билан чиқиш қиладиган майдон бўлиб келди.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Жараёнда туман ФВБ ёнғин-қутқарувчилари томонидан сув устида, бошқарма қутқарув отряди қутқарувчилари томонидан эса сув остида қидирув ишлари узлуксиз олиб борилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган