Alloh aksa urishni xush ko‘radi, esnoqni esa xush ko‘rmaydi

A A A
Alloh aksa urishni xush ko‘radi, esnoqni esa xush ko‘rmaydi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh aksa urishni xush ko‘radi, esnoqni esa xush ko‘rmaydi. Aksa urib, Allohga hamd aytsa («Alhamdulillah» desa), tashmit aytish («Yarhamukalloh» deyish) uni eshitgan har bir musulmonning zimmasiga haqdir. Esnoq esa faqat shaytondandir. Kishi qo‘lidan kelganicha uni qaytarsin. Qachon «Hooh», desa, shayton uning ustidan kuladi».

Buxoriy rivoyat qilgan.

Ushbu hadisda har bir kishida har kuni uchrab turadigan ikki holatga nisbatan Islom odobi, Islom madaniyati, Islom axloqi bayon qilinmoqda.

Tumovdan boshqa vaqtdagi aksa urish odatda yengillik alomati bo‘ladi. Aksa urish yaxshilik alomati bo‘lgani sababli, aksa urgan kishi Alloh taologa hamd aytishi kerak ekan. Buni eshitgan har bir kishi esa aksa urgan kishiga «Yarhamukalloh», ya’ni «Alloh senga rahm qilsin», deyishi Islom odoblaridan ekan. Bunga har bir mo‘min-musulmon amal qilishi lozim.

Esnash kishining jismi va ruhi og‘irlashgani, xiralashgani alomatidir. U hech qachon yaxshilik alomati bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun musulmon kishi iloji boricha o‘zidan esnoqni qaytarishi kerak bo‘ladi.

Esnashni hamma xalqlar ham yaxshi narsa deb bilmaydilar. Esnash eng kamida dangasalikning alomatidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam esa uni «shaytondandir», demoqdalar. Shuning uchun esnoqni doimo, ayniqsa namozda qaytarishimiz kerak. Bo‘lar-bo‘lmasga esnayverib, shaytonning kulgisiga qolmasligimiz lozim.

Mashhur alloma Ibn Hajar rahmatullohi alayhi o‘zining Sahihi Buxoriyga yozgan «Fathul Boriy fiy sharhi Sahihi Buxoriy» nomli kitobida biz o‘rganayotgan hadisi sharifning sharhida Xattobiy rahmatullohi alayhidan quyidagilarni keltiradi:

«Ikkisidagi (aksa urish va esnashdagi) yaxshi va yomon ko‘rishning ma’nosi ularning sababiga qaytadi. Aksa urish badanning yengilligi, burun teshiklarining ochiqligi va haddan tashqari to‘yib yemaganlik alomatidir. U esnashning teskarisidir. Chunki esnash badan illatga to‘lgani va uning og‘irlashgani alomatidir. Esnash aralash-quralash qilib ko‘p yeyishdan kelib chiqadi. Aksa urish kishini ibodatga g‘ayratli qiladi. Esnash esa uning aksidir».

Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam siz bilan biz ummatlariga aksa urgan kishiga Alloh taoloning rahmatini tilab duo qilishni ham o‘rgatganlar.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «إِذَا عَطَسَ أَحَدُكُمْ فَلْيَقُلِ: الْحَمْدُ لِلَّهِ. وَلْيَقُلْ لَهُ أَخُوهُ أَوْ صَاحِبُهُ: يَرْحَمُكَ اللهُ. فَإِذَا قَالَ لَهُ يَرْحَمُكَ اللهُ. فَلْيَقُلْ: يَهْدِيكُمُ اللهُ وَيُصْلِحُ بَالَكُمْ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Bir kishi aksa ursa, «Alhamdulillah», desin. Buni eshitgan birodari yoki sherigi unga «Yarhamukalloh» (Alloh senga rahm qilsin), desin. Buni eshitgan aksa urgan kishi «Yahdiykumullohu va yuslih baalakum (Alloh sizni hidoyat qilsin va ishingizni isloh qilsin)» desin».

Buxoriy rivoyat qilgan.

Demak, aksa urgan va buni eshitgan ikki musulmon o‘rtasida ana shunday o‘zaro duo bo‘lishi kerak. Islom axloqi, sunnati, madaniyati ana shuni taqozo qiladi. Buni har bir mo‘min-musulmon bilishi, bilmaganlarga o‘rgatib borishi lozim va lobuddir.

Hozirgi davrdagi tib xodimlari esnash bosh miyaning kislorodga, jismning g‘izoga hojati borligining alomatidir, deydilar. Nafas olish a’zolari bosh miya va jismga kislorod yetkazib berishda kamchilikka yo‘l qo‘ysa, esnash boshlanadi. Bu holat ko‘proq uyqusirash, o‘zidan ketish va o‘limdan oldin bo‘ladi.

Esnash og‘iz orqali chuqur nafas olishning bir turidir. Aslida og‘iz chuqur nafas olishning tabiiy yo‘li emas. Chunki u burunga o‘xshab, nafas orqali olingan havoni tozalash jihoziga ega emas. Shuning uchun esnash paytida og‘iz katta ochilganda va chuqur nafas olish ila havo ichga tortilganda havoga qo‘shilib turli g‘ubor va mikroblar odamning ichiga kiradi. Shuning uchun ham Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam iloji boricha esnashni qaytarishga va og‘izni o‘ng qo‘lning kafti yoki chap qo‘lning orti bilan to‘sishga irshod qilganlar.

Aksa urish esa esnashning aksidir. U to‘satdan keladi va kuchli bo‘ladi. Uning sababidan havo o‘pkadan burun va og‘iz orqali kuch bilan chiqadi. U o‘zi bilan birga yo‘lida turgan havo, mikrob va boshqa narsalarni ham olib chiqadi. Shuning uchun ham aksa Rohmandan bo‘lishi tabiiydir, chunki unda jism uchun foyda bordir. Esnash esa shaytondandir, chunki unda jismga zarar bordir.

Shuning uchun ham aksa urgan odamga Alloh taologa hamd aytish, esnagan odamga esa shaytondan panoh tilash lozim bo‘ladi.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.