Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalarida ishlayotgan «ishonchli» tanishlari yordamida poytaxtdagi har qanday shifoxonaga 1,5 – 2 mln so‘m evaziga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma (order) tayyorlab berishini muntazam e’lon qilib kelgan fuqaro G.M. va uning sheriklari fosh qilindi.
SSV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan joriy yil 12 avgustda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilib, ushbu fuqaro, uning sheriklari va bir necha tibbiyot xodimlari qo‘lga olindi.
O‘rganish jarayonida G.M.ning sherigi, fuqaro M.Q.ning yonida M.G.ga tegishli yo‘llanma borligi aniqlangan. Ayni chog‘da Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasida davolanish uchun beriladigan orderlar ham topilgan.
Yo‘llanmani rasmiylashtirish maqsadida laborator va instrumental tahlil va bemor tibbiy kartasidan ko‘chirmalarga Shayxontohur tumanidagi oilaviy poliklinikalarning birida ishlayotgan shifokorlarning imzosi va muassasa muhri qo‘yilgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida poytaxtimizdagi oilaviy poliklinika va boshqa muassasalar mas’ul shaxslaridan hamda tibbiyot xodimlaridan tushuntirish xatlari olingan.
Hozirgi paytda mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish hamda dastlabki tergov harakatlari olib borish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.