Alisher Usmonov, Putin, dollarni taqiqlash: AQSh Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar tayyorladi

Alisher Usmonov, Putin, dollarni taqiqlash: AQSh Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar tayyorladi

Respublikachi Jim Banks Rossiyaga qarshi cheklov choralarining yangi loyihasini taqdim etdi, deb xabar beradi AQSh Kongressi sayti.

Hujjat ko‘rib chiqish uchun 19 yanvar kuni taqdim etilgan. Tashabbusni yana 38 kongressmen qo‘llab-quvvatladi. Loyiha matni hali rasman chop etilmagan.

Washington Post nashriga ko‘ra, u «Putinning javobgarligi to‘g‘risidagi qonun» deb nomlanadi va quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:
— Donbacsdagi «Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan» kuchlarni terrorchilar deb e’lon qilish va Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olish;
— Rossiya davlat qarzi bilan operasiyalarni taqiqlash;
— «Shimoliy oqim 2», shu jumladan, tegishli tashkilotlar va ularning aksiyadorlariga qarshi choralar;
— AQSh agentliklariga hujumlar tugamaguncha kiberxavfsizlik bo‘yicha muloqotni moliyalashtirishni to‘xtatish;
— Qrim Rossiya hududi bo‘lib qolar ekan, strategik barqarorlik bo‘yicha muloqotni moliyalashtirishni to‘xtatish;
— Rossiya prezidenti Vladimir Putin, hukumatning barcha a’zolari, shuningdek, Rossiya rasmiylari va xavfsizlik xodimlari, jumladan Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Moskva meri Sergey Sobyanin, prezident ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenkoga nisbatan sanksiyalar;
— rossiyalik ishbilarmonlarga nisbatan sanksiyalar: Roman Abramovich, Alisher Usmonov, Oleg Deripaska, Igor Sechin va boshqalar;
— jurnalistlarga qarshi sanksiyalar: Margarita Simonyan, «Rossiya Segodnya» va RT telekanallari bosh muharriri, tele va radio boshlovchisi Vladimir Solovyov va «Birinchi kanal» bosh direktori Konstantin Ernst.

Bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimida bo‘lganligining bir yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani chog‘ida Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgan taqdirda Vashington Moskvaga qarshi yangi cheklovlar paketini qabul qilishga tayyorligini aytdi. U Rossiya banklariga dollarda operasiyalarni amalga oshirishni taqiqlashi mumkinligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!