Alisher Usmonov avvaldan tergov ostida bo‘lganmi?

Alisher Usmonov avvaldan tergov ostida bo‘lganmi?

Ma’lum bo‘lishicha, Germaniyada Alisher Usmonov uzoq vaqtdan beri yarim milliard yevrolik soliq jinoyatlarida gumon qilinib, tergov ostida bo‘lgan. Ilgari bu ma’lumotlar yashirin edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, oligarx har yili Bavariyada o‘z yashash joyida soliq to‘lash uchun salmoqli vaqt o‘tkazgan.

Usmonov kuz-qishda bir necha oylab Tegernze qirg‘og‘ida yashagan. "Rottax-Egernning bu betakror maskanining jozibasi shundaki, men o‘zimni O‘zbekistonda, o‘z uyimdagidek his qilaman", – deydi u.

Tergov shuni ko‘rsatadiki, Usmonov shirkatlar orqali bir nechta villalar sotib olgan va keyin ularni o‘zi arzon narxga ijaraga olgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Dilbar yaxtasi va Airbus A340 samolyotiga nisbatan ham xuddi shunday shubhalarga egaligini e’lon qildi.

Bundan tashqari, Suddeutsche Zeitung nashrining yozishicha, Usmonovning pul yuvishida gumon qilinayotgani haqidagi ma’lumotlar yig‘ilmoqda. Bu hafta bo‘lib o‘tgan qidiruvlar yangi tergovning boshlanishi edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!