Aliment o‘rniga yangi 5 xonalik uy olib berildi

Aliment o‘rniga yangi 5 xonalik uy olib berildi

Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2017 yil 28 sentyabr kunidagi qaroriga asosan qarzdor N.Bo‘ribekovdan undiruvchi G.Axmedova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan kunidan ijro harakatlari olib borilgan. Ijro jarayonida qarzdor tomonidan farzandlari ta’minoti uchun 2024 yil 01 yanvar kuniga qadar oldindan to‘lov amalga oshirilgan.

Bundan tashqari otalik mas’uliyatini yaxshi xis qilgan qarzdor, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun, undiruvchi G.Axmedova bilan aliment hisobidan 5 xonali yangi kvartirani o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvni amalga oshirgan.
Buning natijasida mazkur ijro hujjatining ijrosi belgilangan tartibda tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!