"Albatta, yangilanayotgan Konstitusiya, bu – sizlarning Konstitusiyangiz!

"Albatta, yangilanayotgan Konstitusiya, bu – sizlarning Konstitusiyangiz!

"Albatta, yangilanayotgan Konstitusiya, bu – sizlarning Konstitusiyangiz!

Yangilanayotgan Konstitusiyamizda ham yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan sizlarga, butun mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman:

Hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan, Yangi O‘zbekistonni hamda Uchinchi Renessansning bunyodkorlarisiz.

Ana shunday sharafga munosib bo‘lish yo‘lidagi intilishlaringiz va hayotda o‘z o‘rningizni topishingiz uchun bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq safarbar etamiz.

Men Prezident sifatida sizlar o‘z oldingizga qo‘ygan reja va marralarga erishishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanimni bugun yana bir bor ta’kidlamoqchiman.

Bugun sizlarning yonib turgan ko‘zlaringiz, shodlikka to‘la go‘zal chehrangizga qarab, akademik shoirimiz G‘afur G‘ulomning:

Siz axir osmonni olmoq bo‘lsangiz,
Ne uchun yelkamni tutib bermayin?

– degan otashin satrlari yodimga tushmoqda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!