AKT vazirligi Microsoft kompaniyasiga O‘zbekistonda ofis ochishni taklif qildi

AKT vazirligi Microsoft kompaniyasiga O‘zbekistonda ofis ochishni taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022 yil 14 aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish kerakligini ta’kidlagandi.

Shundan kelib chiqib Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda Microsoft kompaniyasi, Amerika-O‘zbekiston Savdo Palatasi va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, IT-ta’limni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratish, ushbu jarayonlarga ko‘proq yoshlarni jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rildi.

Shuningdek, AKT vazirligi tomonidan O‘zbekistonda kompaniyaning ofisini ochish taklifi berildi.

Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!