"Agrobank INFO (bot)" guruhidagi firibgarlik fosh bo‘ldi
Joriy yil 10 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sud majlisida, ijtimoiy tarmoqlar orqali “pul mukofoti yutib oldingiz” deb fuqarolarni aldagan firibgarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1999 yilda to‘g‘ilgan Quchqorov Alisher Xalimovich (shaxsi o‘zgartirilgan) u xavfli resedevist bo‘la turib, 2021 yil 11 iyun kuni soat 15:22 larda aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini kompyuter texnikasi vositasidan foydalanib, qo‘lga kiritish maqsadida, o‘zining qo‘l telefon apparati orqali telegramm ijtimoiy tarmog‘iga kirib, "Agrobank INFO (bot)" nomli telegramm guruhini tashkil etib, ushbu telegramm guruhiga a’zo bo‘lgan J.Rustamovga 500.000 so‘m pul yutug‘i mavjudligi to‘g‘risida soxta ma’lumot yozib, o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartasi raqami va maxfiy kodini yuborishi lozimligini, ushbu plastik karta raqamiga pul ko‘chirib berilishi to‘g‘risida soxta tasavvur uyg‘otib, J.Rustamovning ishonchiga kirib, uni aldab, undan tanishi SH.Norovga tegishli bo‘lgan ATB "Agrobank" Xatirchi tumani fililali tomonidan ochilgan 8600042318911145 raqamli plastik kartasining maxfiy kodlarini olishga erishib, ushbu plastik kartasida mavjud bo‘lgan jami 2.884.350 so‘m miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zining “Qiwi” nomli elektron hisob raqamiga ko‘chirib olib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab, SH.Norovga 2.884.350 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Sud, A.Quchqorovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligini, jabrlanuvchining unga nisbatan da’vosi yo‘qligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, shu modda bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yilu 10 oyga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil ish haqining20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yilga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 62-moddasi tartibida ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uzil-kesil 2 (ikki) yilu 10 (o‘n) oy axloq tuzatish ishi jazosi qoldirildi, sudlanuvchi A.Quchqorovga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilinsin va sud majlisi zalidan darhol qamoqdan ozod etildi.
Habibulla Tuxtayev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining sudyasi