Afg‘oniston Prezidenti qarorgohidagi portlashni ISHID o‘z bo‘yniga oldi

Afg‘oniston Prezidenti qarorgohidagi portlashni ISHID o‘z bo‘yniga oldi

Qurbon hayiti munosabati bilan 20 iyul, seshanba kuni Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani ishtirokida prezident saroyida o‘tayotgan namoz davomida uch karra reaktiv snaryad portlagani eshitildi. Ushbu portlashni ISHID o‘z bo‘yniga oldi, deya xabar berdi “Eronews” nashri.

Ma’lum qilinishicha, seshanba kuni ertalab, musulmonlarning Qurbon hayiti namozi paytida, davlat rahbarining qarorgohiga uchta raketa otilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, voqea sabab hech kim halok bo‘lmagan. Ammo jarohatlanganlar bor. Yaradorlar nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladigan kasalxonaga jo‘natilgan.

“Kobuldagi tibbiyot markazidan ushbu raketalarning ta’sirini juda yaxshi sezdik. Chunki, biz saroydan atigi bir necha yuz metr masofada joylashganmiz. Bir necha daqiqadan so‘ng, bizga birinchi olti yarador olib kelindi. Bemorlarning ahvoli og‘ir, operasiya qilishim kerak edi”, — dedi Afg‘onistondagi favqulodda vaziyatlar nodavlat tashkiloti vakili Marko Puntin.

“Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi fonida keskinlashdi. Hozirgi vaqtda ushbu Janubiy Osiyo davlatida hukumat kuchlari va shtat hududining 70 foizigacha nazoratni o‘z qo‘liga olgan Tolibon jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!