Afg‘oniston fuqarosi AQShda terrorchilik tahdidlarini tarqatishda ayblandi.
Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik departamentiga tayanib, Fox News telekanali ma’lum qildi.
Afg‘oniston fuqarosi Muhammad Dovud Alokozay 25 noyabr kuni TikTok platformasida Fort-Uert shahrida (Texas shtati) portlatish uchun bomba yig‘ayotganini taxmin qilgan videoni joylashtirganidan so‘ng hibsga olingan edi. Ayblanuvchi AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden davrida AQSh qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqilishi ortidan Vashingtonning afg‘on ittifoqchilarini kutib olish dasturi bo‘yicha AQShga kelgan.
Xuddi shu dastur 2021 yilda Afg‘oniston fuqarosi Rahmonulloh Laqanvalni ham AQShga olib keldi. U shu yilning 26 noyabrida Vashingtonda Milliy gvardiya askarlariga qarata o‘t ochdi. Milliy gvardiyaning ikki askari va hujumchi yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan. Keyinroq askarlardan biri olgan jarohatlaridan vafot etdi.
Vashingtonda Milliy gvardiya askarlariga uyushtirilgan hujum ortidan AQSh hukumati Afg‘oniston fuqarolari uchun vizani to‘xtatib qo‘ydi va chet el fuqarolarining boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqishni vaqtincha to‘xtatdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.