So‘zga chiqqan partiyadoshlarimizdan biri keyingi yillarda yuz berayotgan beqiyos yangilanishlar xususida gapirib, “Prezidentimizning dovyurak siyosati tufayli” degan jumlani ham tilga oldi.
Darhaqiqat, yurtboshimizning shijoati, qat’iyati va jur’ati sharofati bilan barcha jabhalarda jahon jamoatchiligi e’tirof etayotgan katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirityapmiz. Jumladan, g‘oyat qisqa muddat ichida mamlakatimizda tadbirkorlar safi ikki barobar ko‘paydi. Ijobiy o‘zgarishlarda partiyamizning ham muayyan hissasi borligi quvonarli. Nima uchun safdoshlarimiz, xayrixohlarimiz kun sayin oshib boryapti? Fikrimcha, buning asosiy sabablaridan biri shuki, O‘zLiDeP o‘z faoliyatida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” prinsipiga tayanyapti. Partiya “Tadbirkorlik rivojlanishiga to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga to‘sqinlik qilish deb baholanadi” degan tamoyilga uzluksiz amal qilyapti. Ishbilarmonlik va investision muhitni yaxshilash, xususiy mulk himoyasini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratyapti. Shu bilan birga partiya xalqaro liberal-demokratik harakatning jamiyat va davlat xususiy mulkni himoya qilish tamoyillariga asoslangan mamlakatlardagina taraqqiyot kuzatiladi, degan fikrini qo‘llab-quvvatlayapti. Shuningdek, siyosiy kuch erkin bozor g‘oyalariga asoslangan iqtisodiyot mamlakatni yangilash va modernizasiya qilishga ko‘maklashadi, degan fikrda sobitdir. Eng muhimi, ba’zan qanchalik qiyin bo‘lmasin, O‘zLiDeP o‘z g‘oya va maqsadlarini izchillik bilan hayotga tatbiq qilyapti. Rost, g‘oliblikni qo‘lga kiritish oson emas. Lekin muzaffarlik maqomini saqlab qolish undan-da mushkul. Shu ma’noda O‘zLiDeP yetakchi partiya bo‘lib qolishini istasak, aniq amaliy ishlarga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz kerak.
Adham IKROMOV,
O‘zbekiston savdo-sanoat
palatasi raisi, O‘zLiDeP
Siyosiy Kengashi a’zosi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.