Abu Saxiy bozoridan Chilonzor metro bekatigacha bepul qatnaydigan elektrobuslar ishga tushdi

Abu Saxiy bozoridan Chilonzor metro bekatigacha bepul qatnaydigan elektrobuslar ishga tushdi

Abu Saxiy bozoridan Chilonzor metro bekatigacha bepul qatnaydigan elektrobuslar ishga tushdi.

Elektrobuslar Chilonzor metro bekatidan bozorga qadar qatnaydi. Shu bilan birga, elektrobus Shuhrat ko‘chasi, Toshkent avtovokzali va Algoritm massivida ham to‘xtaydi.

Abu Saxiy bozor ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Xitoydan olib kelingan ushbu transport vositasi kondisioner va nogironlar uchun maxsus qulayliklar bilan jihozlangan.

Hozirda bozor ma’muriyati yana bir nechta shunday elektrobuslarni xarid qilishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!