Abdusattorov va Sindarov 2025 yilda xalqaro turnirlarda qancha mukofot puli ishlab topdi?
Abdusattorov va Sindarov 2025 yilda xalqaro turnirlarda $700 mingdan ortiq mukofot puli ishlab topdi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston shaxmatchilari xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etib, katta miqdordagi mukofot pullarini qo‘lga kiritdi. Abdusattorov va Sindarov yil davomida eng ko‘p daromad topgan shaxmatchilar reytingida dunyoning TOP o‘ntaligidan joy oldi.
Nodirbek Abdusattorov yil davomida 16 ta nufuzli turnirda ishtirok etib, jami 361 811 AQSh dollari miqdorida mukofot puli ishlab topdi. Uning bir turnirdagi eng yuqori individual mukofoti 85 000 dollarni tashkil etdi.
Javohir Sindarov 11 ta xalqaro musobaqada qatnashib, 349 955 AQSh dollari miqdorida daromad qayd etdi. Uning eng yirik yutug‘i FIDE World Cup musobaqasidagi g‘alaba bo‘lib, mazkur turnir uchun 120 000 dollar mukofot puli berilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki grossmeysterning 2025 yildagi umumiy mukofot pullari 711 766 AQSh dollarini tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, ushbu summalar faqat xalqaro turnirlardagi rasmiy mukofot pullarini o‘z ichiga oladi. Unga homiylik shartnomalari, reklama va tijoriy hamkorlik daromadlari, davlat mukofotlari va bir martalik bonuslar, stipendiyalar hamda grantlar, klub yoki terma jamoa maoshlari kiritilmagan.
