Abdulg‘ani Barodar dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritildi

Abdulg‘ani Barodar dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritildi

Ta’kidlanishicha, jurnal 100 nafar nufuzli odamni toifalarga ajratgan. Mazkur toifalar «titanlar», «innovatorlar», «rassomlar», «liderlar», «ixtirochilar» va «kumirlar»dan iborat. Qayd etilishicha, bu yilgi yetakchilar qatorida Jahon savdo tashkiloti rahbari Ngozi Okonjo-Iveala, Eron prezidenti Ibrohim Raisi, Italiya va Isroil bosh vazirlari Mario Dragi va Naftali Bennet, AQShning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi rahbari Roshel Valenski, Salvador prezidenti Nayib Bukele va Afg‘oniston muvaqqat hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar bor.

Bundan tashqari, ketma-ket ikkinchi yil ushbu ro‘yxatga Xitoy raisi Si Szinpin, AQSh prezidenti Jo Bayden, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris kiritilgan.

https://time.com/collection/100-most-influential-people-2021/


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!