Abduhakim Xadjibayev Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashdi

Abduhakim Xadjibayev Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashdi

Xabar berilganidek, bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Rasmiy delegasiya tarkibida Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vaziri Nurmuxammet Amannepesov ham bo‘lib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev bugun turkmanistonlik hamkasbi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, N. Amannepesov A. Xadjibayev hamrohligida Bolalar milliy tibbiyot markazida bo‘lib, u yerda yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.

Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistonning tibbiyot sohasida erishgan yutuqlarini e’tirof etib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining rivojlanishi ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishiga ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!