85 000 000 so‘m qayerda? Toshkentda firibgar qidirilmoqda

85 000 000 so‘m qayerda? Toshkentda firibgar qidirilmoqda

2017 yil 26 sentyabr kuni Yashnobod tumanida 40 yoshli avtopark ishchisi Mirziyodilla M. 25 yoshli Javlon O.ga “Lasetti-Jentra” rusumli avtomobilni arzon narxda olib berishini va’da qilgan. Buning uchun u Javlondan 85.000.000 so‘m olib, va’dasida ham turmasdan, pullarni ham qaytarmasdan, Javlondan qochib yurgan. Javlon O. ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qildi.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Mirziyodilla M. Qidiruvga e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!