71 iqtisodchi va ekspert Vashingtonni muzlatilgan afg‘on oltin zahiralarini ortga qaytarishga chaqirdi

71 iqtisodchi va ekspert Vashingtonni muzlatilgan afg‘on oltin zahiralarini ortga qaytarishga chaqirdi

Reuters xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden va moliya vaziri Janet Yellenga yo‘llangan ochiq xatga Nobel mukofoti sovrindori Jozef Stiglis, Gresiyaning sobiq moliya vaziri Yanis Varufakis, shuningdek, AQSH, Britaniya, Germaniya va Hindiston vakillari imzo chekishgan.

Unda AQShning bunday qadami afg‘onlarning azob-uqubatlarini ikki baravar oshirganligi aytiladi.

"Bilasizki, afg‘onlar Tolibon hukumatini saylamagan va oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan Afg‘oniston Markaziy banki o‘z vazifalarini bajarishga, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qodir emas. Afg‘oniston aktivlarini ozod qilish gumanitar inqirozni yengish va iqtisodiyotni tiklash uchun zarur", — deyiladi maktubda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!