65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi

65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi

Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Birinchi yarim yillikda lisenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya berishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi lisenziyalash sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 165-modda - lisenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan lisenziyasiz shug‘ullanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!