5100 raqamidan yuborilgan SMS xabar yuzasidan

5100 raqamidan yuborilgan SMS xabar yuzasidan

Ma’lumki, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Joriy yilda Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish 2021-yil 1-avgustdan boshlanadi.

Shu sababli Davlat test markazi tomonidan talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimini tayyor holga keltirish uchun texnikum.dtm.uz sayti test rejimida ishga tushirilib, sinovdan o‘tkazilmoqda.

Sayt test rejimida sinovdan o‘tkazilayotgan vaqtda ayrim fuqarolar texnikum.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishga harakat qilgan va ularga tasdiqlovchi kod o‘rniga “DKning 6-sonli bayoni bilan talabalikka tavsiya etildingiz” degan mazmundagi SMS xabar yuborilgan.

Qayd etish kerakki mazkur SMS xabar matni 2020-yilda foydalanilgan bo‘lib, texnikum.dtm.uz saytini sinovdan o‘tkazish uchun turli xabarlar yuborib, tekshirib ko‘rilayotgan paytda ham foydalanilayotgan bo‘lgan.

Dtm Axboroti👇
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!