500 dan ortiq Ukraina droni Rossiyaning 20 ta hududiga va Qrimga hujum qildi
"Meduza" nashrining yozishicha, Yaroslavlda neftni qayta ishlash zavodi nishonga olindi. Sevastopolda esa elektr energiyasi uzib qo‘yildi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, 6 iyul kuni kechasi havo hujumidan mudofaa tizimlari mamlakat hududlari uzra 519 ta Ukraina dronini tutib olgan va yo‘q qilgan.
Telegram kanallarning xabariga ko‘ra, Yaroslavlda "Yaroslavnefteorgsintez" ("Slavneft-YANOS") neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilingan.
Mintaqa rasmiylari faqat hujum sodir bo‘lganini va Yaroslavldan Moskva tomon chiqish yo‘lida transport harakati to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Rossiya tomonidan tayinlangan gubernator Mixail Razvojayevning xabar berishicha, shahar tashqarisidagi energetika infratuzilmasiga berilgan zarba oqibatida Sevastopol elektr energiyasisiz qolgan.
Leningrad viloyati gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, Ust-Luga va Visosk portlari hududlaridagi infratuzilma ob’ektlari shikastlangan. Bu qanday ob’ektlar ekani haqida aniq ma’lumot berilmagan.
