50 yoshli Xitoyning eng badavlat milliarderi vafot etdi

50 yoshli Xitoyning eng badavlat milliarderi vafot etdi

"KE Holdings" ko‘chmas mulk kompaniyasining asoschisi Szo Xuey 20 may, payshanba kuni to‘satdan vafot etdi, deb yozmoqda lenta.ru.

14,8 milliard dollarlik boylikka ega ishbilarmon 50 yoshida vafot etdi. "KE Holdings" veb-saytida joylashtirilgan xabarga ko‘ra, dunyodagi eng boy odamlardan biri, Xitoyning eng badavlat odamlari o‘ntaligiga kiruvchi milliarder "kasallikning kutilmagan alangasidan" vafot etdi.

Szo 1971 yilda XXRning Shensi provinsiyasida tug‘ilgan va 1992 yilda Pekin kimyoviy texnologiya universitetini tamomlagan.

Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, u ilk boyligini sug‘urta biznesidan orttirgan. Keyin 2001 yilda u o‘zining birinchi ko‘chmas mulk kompaniyasini - "Beijing Lianjia Real Estate Brokerage"ni tashkil etadi.

2018 yilda Xuey "KE Holdings" ni tashkil qiladi va Xitoyning eng yirik uy-joylar bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish platformasi bo‘lgan Beike-ni ishga tushiradi va mamlakatning eng nufuzli ishbilarmonlaridan biriga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!