5 daqiqada 624 ta raqam: mo‘g‘ulistonlik ayol rekord o‘rnatdi

5 daqiqada 624 ta raqam: mo‘g‘ulistonlik ayol rekord o‘rnatdi

Mo‘g‘ulistonlik Tenuun Tamir xotira bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn jahon chempionatida 400 nafar ishtirokchi orasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

U «Raqamlarni tezkor eslab qolish» nominasiyasida 5 daqiqada 624 ta raqamni yodda saqlab, takrorlay oldi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Bundan oldingi jahon rekordi 616 ta raqam bo‘lib, xitoylik erkakka tegishli edi. Tenuun uni 3 yildan keyin yangiladi.

Qayd qilinishicha, 31 yil davomida atigi uch nafar ishtirokchi 5 daqiqada 600 dan ortiq raqamni yodda saqlay olgan.

Xotira bo‘yicha jahon chempionatida Mo‘g‘uliston milliy jamoasi 20 ta oltin, 15 ta kumush va 19 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumiy g‘alabaga erishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!