45300 AQSh dollarini "eb yuborgan" firibgar ushlandi

45300 AQSh dollarini "eb yuborgan" firibgar ushlandi

TOSHKENT (Turon24) – Namangan shahrida yashovchi fuqaro J.D. firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qo‘lga olingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi o‘zining "Telegram"dagi sahifasida xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, 2018 yil 5 oktyabr kuni Namangan shahrida yashovchi J.D. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani 4-TTZ dahasida yashovchi M.S.ga birgalikda avtomashina oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishni aytib, undan 45300 AQSh dollarini olgan. Shundan so‘ng bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozir tergov olib borilmoqda

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!